Atom laboratoriyasi | Energy of the future
Atom laboratoriyasi
14-15-noyabr
14-15-noyabr
14-15-noyabr
14-15-noyabr
Loyiha boshlanadi:
Loyiha tugaydi:
Viktorina nihoyasiga yetdi
kun
soat
daqiqa
soniya
Dunyodagi hamma narsa atomlardan iboratligi va atom juda kichik zarracha ekanligini ehtimol, Siz bilsangiz kerak. Yadro fizikasi haqidachi, bu borada bilimingiz qanchalar chuqur?
Viktorinamizda dunyoning oʻndan ortiq mamlakatlaridan ishtirok etadigan tengdoshlaringiz qatorida atom, istiqbolli yadro texnologiyalari haqida va koʻplab boshqa yangi ma`lumotlarni bilib oling.

Atom laboratoriyasi - Butunjahon ilm-fan kuni va Rossiya atom sanoatining 75 yilligini nishonlashga bagʻishlangan xalqaro ma’rifiy tadbirdir. Yadro texnologiyalarining kundalik hayotdagi ahamiyati va zaif sayyoramizni saqlab qolishda atom energetikasining ahamiyatini koʻrsatish bizning asosiy vazifamizdir.

Sizni turli darajadagi qiziqarli savollar kutmoqda. Siz nafaqat oʻz bilimlaringizni sinab koʻrishingiz, balki yadro sohasidagi soʻnggi yutuqlar haqida ham bilib olishingiz mumkin boʻladi.

Viktorinadagi ishtirokingizni yanada qiziqarli qilish maqsadida biz yetakchi olimlar va tadqiqotchilarni jalb qildik. Ular berilgan savollardagi to`g`ri javoblarning aynan nima sababdab to`g`ri ekanligini batafsil Siz tushunadigan tilda asoslab beradilar va faqat shu sohaningina vakillari biladigan ilmiy dalillar bilan oʻrtoqlashadilar!

Tadbirda qanday ishtirok etish mumkin?

Viktorina 14-15-noyabr kuni 48 soat davomida barcha ishtirokchilar uchun ochiq boʻladi. Sinovdan oʻtish uchun uchun faqat "Ishtirok etish" tugmachasini bosing.  

Fizika va atom texnologiyasiga oid 25 ta savolga javob bering. Xato qilishdan qoʻrqmang, esingizda boʻlsin: bilmaslik – ayb emas, bilishni istamaslik – ayb. 

Sinov tugagandan soʻng,  mutaxassis ishtirokida barcha savollarning javoblari batafsil tahlil qilingan videoni tomosha qilishni unutmang. 

Ishtirok etganlik to`g`risida sertifikatini qoʻlga kiriting va ijtimoiy tarmoqlardagi doʻstlaringiz bilan bo`lishing yoki qurilmangizga yuklab oling.

Ushbu sarguzasht
Sizga yoqadi degan umiddamiz!

Agar sizda biror bir savol tugʻilsa, biror bir narsa haqida koʻproq bilmoqchi bo`lsangiz yoki oʻz mulohazangizni qoldirmoqchi boʻlsangiz, atomicquiz@myfuture.energy manzili orqali bizga yozing biz har doim javob berishdan mamnun boʻlamiz.