







Atom laboratoriyasi - Butunjahon ilm-fan kuni va Rossiya atom sanoatining 75 yilligini nishonlashga bagʻishlangan xalqaro ma’rifiy tadbirdir. Yadro texnologiyalarining kundalik hayotdagi ahamiyati va zaif sayyoramizni saqlab qolishda atom energetikasining ahamiyatini koʻrsatish bizning asosiy vazifamizdir.
Sizni turli darajadagi qiziqarli savollar kutmoqda. Siz nafaqat oʻz bilimlaringizni sinab koʻrishingiz, balki yadro sohasidagi soʻnggi yutuqlar haqida ham bilib olishingiz mumkin boʻladi.
Viktorinadagi ishtirokingizni yanada qiziqarli qilish maqsadida biz yetakchi olimlar va tadqiqotchilarni jalb qildik. Ular berilgan savollardagi to`g`ri javoblarning aynan nima sababdab to`g`ri ekanligini batafsil Siz tushunadigan tilda asoslab beradilar va faqat shu sohaningina vakillari biladigan ilmiy dalillar bilan oʻrtoqlashadilar!
Viktorina 14-15-noyabr kuni 48 soat davomida barcha ishtirokchilar uchun ochiq boʻladi. Sinovdan oʻtish uchun uchun faqat "Ishtirok etish" tugmachasini bosing.
Fizika va atom texnologiyasiga oid 25 ta savolga javob bering. Xato qilishdan qoʻrqmang, esingizda boʻlsin: bilmaslik – ayb emas, bilishni istamaslik – ayb.
Sinov tugagandan soʻng, mutaxassis ishtirokida barcha savollarning javoblari batafsil tahlil qilingan videoni tomosha qilishni unutmang.
Ishtirok etganlik to`g`risida sertifikatini qoʻlga kiriting va ijtimoiy tarmoqlardagi doʻstlaringiz bilan bo`lishing yoki qurilmangizga yuklab oling.